45924

Ўқитувчиларга автокредитлар қайдай имтиёзлар билан берилади?

Ўзбекистон 15 август 11:39 3 533

Президентнинг 14 августдаги қарори билан халқ таълими тизимидаги педагог ходимларга автотранспорт воситалари сотиб олиш учун махсус жамғарма ҳисобидан кредитлар бериш тартиби ўрнатилди.

Бунда кредит қуйидаги шартларда берилади:
кредит муддати – 1 йил имтиёзли давр билан 5 йил;
дастлабки бадал суммаси – сотиб олинаётган автотранспорт воситаси қийматининг 25 фоизи; кредит учун фоиз ставкаси – Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг қайта молиялаштириш ставкасидан кўп бўлмаган миқдорда (ҳозирда 14 фоиз).

Ушбу шартларда кредит олиш ҳуқуқига эга педагоглар рўйхати Халқ таълими вазирлиги томонидан шакллантирилади.

  • Asliddin xujanov demoqda:

    Assalomu aleykum hurmatli admin men ham shu yil o’qishni tugatib maktabga o’qituvchi bo’lib ishga kirdim bu avtokreditni men ham olsam bo’ladimi ish staji kerak emasmi?
    Bu imtiyozli davr 1 yil deyilgan bu degani 1 yil hech qanaqa to’lov to’lanmaydi kelasi yildan foiz va asosiy kredit to’lanadi deganimi

  • Asliddin xujanov demoqda:

    Yana bir savolim bor edi bu imtiyozli avtokredit 5 yilga o’qituvchilar uchun kamlik qilmaydimi ahir o’qituvchilarning oylik maoshi hali ham kamku masalan mening oyligim 900 000 so’m atrofida agar men moshina olsam oylik to’lovi 1300 000 ateofida bo’lar ekan shu savolimni iltimos ta’lim vazirimiz Sherzod aka Shermatov ham o’qib agar iloji bor bolsa hech bo’lmasa o’qituvchilar uchun ham 10 yilga imtiyozli avtokredit berishni yo’lga qo’yib bersa juda minnatdor bo’lar edik

  • Asliddin xujanov demoqda:

    Arzon uy joy krediti ham joriy etildi biz o’qituvchilar uchun bu kreditda ham 3 yil imtiyozli davr bilan degani joyi bor bunda ham 3 yil hech qanaqa pul to’lanmaydimi?
    1 ta o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham avtokredit ham uy joy kreditini olsa bo’ladimi?

  • Asliddin xujanov demoqda:

    Sizdan iltimos shu savollarimga aniq va to’liq ma’lumot bilan javob bersangiz javobingiz uchun oldindan rahmat

Изоҳ билдириш